Tadbirkorlar yana bir ortiqcha xarajatdan ozod etiladi

27.06.2018, 19:43

Tadbirkorlar yana bir ortiqcha xarajatdan ozod etiladi

Joriy yilning 26 iyun davlatimiz rahbarining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda nafaqat soliq xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish balki, soliq tizimiga yangicha yondashuv ya’ni, soliq idoralari soliq to‘lovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” degan tamoyil amalga kiritiladi. Shu maqsadda, qarorda soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda texnik jihatdan ko‘maklashish, shuningdek, hisobotlar va deklaratsiyalarni qabul qilish bo‘yicha soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish yuzasidan davlat soliq xizmati organlariga amaliy yordam berishni maqsad qilgan “Soliq-servis” DUK tashkil etilishi belgilab berildi.

Ayniqsa, soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish Kengashi tashkil qilinayotganligi tadbirkorlarni anchadan buyon qiynab kelayotgan yana ikki muammoni barataraf etishga xizmat qiladi.

Endi ana shu  muammolarga to‘xtalsak, sudlarda soliq idoralari da’vosi asosida ishlar sonining salmog‘i ancha kattaligi va bu da’volarning asosiy qismi qanoatlantirilayotgan edi. Bunda muammo qayerda deyishingiz mumkin. Muammo shundaki, tadbirkor majburiy to‘lovlardan tashqari sud idorasiga davlat boji, pochta xarajatlari hamda qimmatli vaqtini yo‘qotadi. Soliq sohasidagi nizolarning sudgacha hal etish instituti keng qo‘llanganda esa qayd etilgan muammolarga ijobiy yechim topiladi.

Birgina misol, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan joriy yilning fevral – aprel oylarida hududlarda (170 ta tuman, 30 ta shahar (shaharchalar) kesimida “Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining bugungi holati, ushbu faoliyatni rivojlantirish istiqbollari” o‘rganilgan edi.

O‘rganishlarda ushbu kichik biznes sub’ektlarini qiynayotgan qator masalalar va yechimini kutayotgan muammolar qatorida:real soliq bazasi e’tiborga olinmay hamda bugungi kun talablariga va ilg‘or xorij tajribasiga asoslanmagan yagona qat’iy soliq to‘lovi va boshqa majburiy to‘lovlarni qayta ko‘rib chiqib maqbullashtirish bugunning dolzarb muammosi ekanligi, ayniqsa, savdo komplekslari va bozorlar hududida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinayotgan yig‘imlarning qayta ko‘rib chiqish zarurati mavjudligi, shuningdek,  tadbirkorlar ishtirokida kelib chiqadigan nizolar yechimi jarayonida  muqobil hal etish vositalari keng qo‘llanilmasligi, nizoni sudgacha hal etish masalalari muhokama etilgan edi.

Albatta bu holatlar esa, tadbirkorlar uchun qimmatli vaqt, ortiqcha boj to‘lovi va boshqa xarajatlarni yuzaga keltirayotgan edi. Vaholanki, ilg‘or xorijiy tajribada soliqqa oid nizoli masalalarda hakamlikdan tashqari, xususiy sektor vakillarning yuridik xizmat vakillari ishtirokida o‘zaro kelishuvi, zarur xomashyo bilan ta’minlovchi, yer ajratuvchi, kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti) ko‘rsatuvchi tomon bilan sudgacha o‘zaro kelishuv hamda ma’murchilikdan voz kechgan holda davlat bilan xususiy sektorlarning manfaatli kelishuvi kabi institutlar faol ish olib boradi. Amaldagi qonunlarimizda belgilab qo‘yilgan xususiy sektor huquqlarining ustuvorligi prinsipiga muvofiq, qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlar foydasiga talqin etilishi ba’zi hollarda e’tibordan chetda qolayotgan edi. Davlat tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari huquq va manfaatlari to‘qnashuvida qonun talablariga qat’iy amal qilishini cheklovchi omillar mavjudligi nizolar yechimi jarayonidagi ziddiyat va tushunmovchiliklarni davlat foydasiga hal etish, natijada xususiy sektor huquq va manfaatini ta’minlash bilan birga davlat manfaati (faoliyat yuritib turgan xususiy sektor vakili avvalo soliq va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lovchi, YaIM ishlab chiquvchi ekanligi) o‘z-o‘zidan ta’minlanishidek real holat yuzasidan qarashni o‘zgartishni taqazo etmoqda.

Shu ma’noda, qarorda “Soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori” degan tamoyil belgilab berilgani hamda Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish Kengashi tashkil qilinayotganligi tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadini ko‘zlagan holda sohani ilg‘or xorij davlatlari qatoriga olib chiquvchi progressiv qadam bo‘ldi.

 Nuriddin Murodov

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi

Ijroiya Qo‘mitasi kotibiyat mudiri,

Ekspertlar guruhi rahbari

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1581
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Даврон Темиров O‘zLiDeP Бўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-07-02 15:20:45

Солиқ тўловчилар ва давлат солиқ хизмати органлари ўртасидаги солиқ низоларини судгача ҳал қилиш Кенгаши ташкил қилинаётганлиги қонун ҳужжатларида тадбиркорлик фаолиятини амалга ошириш билан боғлиқ ҳолда юзага келадиган барча бартараф этиб бўлмайдиган зиддиятлар ва ноаниқликларни бартараф этиб, тадбиркорлар фойдасига талқин этилишини таъминлаб.тадбиркорларга қулайлик яратиб , юксак марраларни кўзлаган ҳолда шубҳасиз, мамлакатимизда солиқ соҳасини илғор хориж давлатлари қаторига олиб чиқувчи пилапоя бўлади.


O‘zLiDeP Бухоро туман Кенгаши раисининг 1-ўринбосари - аппарат раҳбари - Саттор Бафоев2018-07-02 10:30:24

Солиқ тўловчилар ва давлат солиқ хизмати органлари ўртасидаги солиқ низоларини судгача ҳал қилиш Кенгаши ташкил қилинаётганлиги тадбиркорлар учун яратилган яна бир қулайликдир.


Fikringizni qoldiring

+