O‘zLiDeP tashkil topganiga 15 yil to‘ldi

15.11.2018, 18:45

O‘zLiDeP tashkil topganiga 15 yil to‘ldi

Bugun tadbirkorlar, fermerlar ishbilarmonlar, xususiy va intellektual mulk egalari manfaatlarini himoya qilish uchun siyosiy maydonga chiqqan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topganiga 15 yil to‘ldi.

Ta’kidlash kerak, O‘zLiDeP 2003 yilda bir guruh tadbirkor va fermerlarning tashabbusi bilan tuzilgan. Partiyamiz 2004, 2009, 2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi eng ko‘p deputatlik o‘rnini egalladi. 2016 yilda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzod – Shavkat Mirziyoyev katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

Ayni paytda O‘zLiDeP a’zolari soni yarim milliondan ko‘proqni tashkil etadi.

O‘zLiDeP matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1200
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Ro'yhatga o'tish

Bildirilgan fikrlar

Даврон Темиров O‘zLiDePБўка туман Кенгаши ижрочи котиби2018-11-16 08:48:55

15 йил тарих учун бир лаҳза.Партиямизнинг келгуси ишларида омад ёр бўлсин.Бунинг учун партиямиз сафини Ватан равнақи, юрт фаровонлиги учун курашадиган фидойи инсонлар билан тўлдириб борайлик.


Fikringizni qoldiring

+