Payshanba 31-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Kambag‘allik ko‘lamini ikki karra kamaytirish ustuvor vazifamiz bo‘ladi

20.10.2024
25

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga O‘zLiDePdan ko‘rsatilgan nomzodlarning Chinoz tumanidagi musiqa va san’at maktabida o‘tgan bu galgi uchrashuvida partiya saylovoldi dasturida belgilangan mazkur vazifa doirasida fikr yuritildi.

Uchrashuvda partiya viloyat Kengashi raisi To‘lqinjon Fayziyev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga partiyadan ko‘rsatilgan nomzod Ma’muraxon Xalilova, Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashi deputatligiga nomzodlar Ra’no Xoliqova, Olimjon Dadajonov, Rustamjon Raxmatov, Marat Shafeyev, Xikmatilla Xafizov, Sherzod Botirov, Davron Safarov, Muxayyo Niyozova, Abduvohid Turdiboyev, Nodir Umarov, Olimjon Dodojonov, Zavra Ibragimova jamoat arboblari, turli soha va millat vakillari, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniy va faxriylar ishtirok etishdi.

Nomzodlar kelgusi besh yilda partiya Saylovoldi dasturidagi xalqimiz farovonligiga xizmat qiluvchi maqsad va vazifalarni ro‘yobga chiqarishda o‘zlarining bor kuch-g‘ayratlari, bilimlarini ishga solib, el-yurtimiz ishonchini oqlay olishlariga ishonch bildirdi.

Tadbirda so‘z olgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga partiyadan ko‘rsatilgan nomzod Ma’muraxon Xalilova O‘zLiDeP Saylovoldi dasturining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilarkan, undagi barqaror ish joylarini yaratish orqali kambag‘allikni qisqartirish masalasiga e’tibor qaratdi.

Xususan, aholini tadbirkorlikka jalb qilishning mahallabay dasturlarini ishlab chiqishni partiyamiz o‘zining eng muhim vazifasi qilib belgilagani, tuman, shahar, mahallalarning alohida master-rejalari ishlab chiqilib, tadbirkorlik ommaviy tus olishiga erishilishi, ishsizlikning past darajaga tushishiga erishish borasidagi ulug‘vor tashabbuslarining amalga oshirilishi xalqimiz farovonligiga olib kelishini ta’kidladi.

Partiya nomzodlari Chinoz tumanida faoliyat yurituvchi yirik yengil sanoat korxonasi bo‘lgan "PRONTO TEXTILE GROUP" MCHJda ham bo‘lishdi. Bu yerda mehnat qilayotgan 500 dan ortiq ishchi-xodimlarga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishish barobarida ularga O‘zLiDeP saylovoldi dasturini targ‘ib qilishdi. Saylovlarda partiya nomzodlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirisharkan, tashviqot flayerlarini ulashishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?