Juma 18-Oktyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Maoshi kam fuqarolar daromad solig‘idan ozod etilishi kerak

16.10.2024
91

Saylov kuni yaqinlashgani sayin elektorat vakillari siyosiy partiyalar ilgari surayotgan takliflarga tobora ko‘proq e’tibor qaratayotgani hech kimga sir emas. Bunda, ayniqsa, islohotlar muvaffaqiyati uchun mas’uliyatni zimmasiga olgan O’zLiDeP o‘rtaga tashlayotgan tashabbuslar hammaning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Muayyan g‘oya ahamiyati uning insonlar kundalik hayotiga nechog‘li yaqin-yiroqligi bilan bog‘liq xolis mezonlar asosida baholanishi hammaga ma’lum. Shu ma’noda, partiyadoshlarimiz olib chiqayotgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining uch barobarigacha bo‘lgan oylik maoshini daromad solig‘idan ozod etish etish bilan bog‘liq jo‘yali taklif ko‘pchilik saylovchilar uchun ayni muddaodir, desak mubolag‘a qilmaymiz.

Daromadi nisbatan kam bo‘lgan aholi toifalarini manzilli qo‘llab-quvvatlash, xususan, maoshi oz kishilarning daromad solig‘idan ozod etilishi ijtimoiy hayotda dolzarb o‘rin tutadi. Bu degani fuqarolar oyliklarining 3 million 465 ming so‘mgacha bo‘lgan qismiga daromad solig‘i qo‘llanilmaydi. Buning natijasida majburiy ushlanmalar kamayib, har oyda qo‘shimcha 400 ming so‘mdan ziyodroq mablag‘ga ega bo‘ladi.

Aslida odamlarning real daromadlariva ularning xarid qobiliyatini oshirish, yashirin iqtisodiyot ulushini kamaytirish hamda rasmiy sektorda band bo‘lgan aholi sonini  ko‘paytirish jarayonlari O’zLiDeP maqsadlariga mos keladi. Bu borada esa qonunlar orqali belgilanadigan soliq imtiyozlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni yo‘nalishdagi xorijiy tajriba atroflicha o‘rganilgani e’tiborga molik. Ushbu tajriba hozir Avstraliya, Germaniya, Braziliya va bosh davlatlarda ham qo‘llaniladi.

Modomiki, jismoniy shaxslarning daromadlari uchun soliqqa tortilmaydigan “minimum” miqdorni oshirish ijtimoiy tengsizlikning oldini olishga, kambag‘allikni qisqartirishga ko‘maklashadi. Boshqacha aytganda, soliqqa tortishning oqilona tizimi kam daromadli fuqarolarning kambag‘allar toifasiga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.

O’zLiDeP ilgari surayotgan bu taklif O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Soliq va yig‘imlar adolatli bo‘lishi hamda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak”, degan qat’iy normasiga har tomonlama mos kelishini ham unutmaslik lozim.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?