Payshanba 21-Noyabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

Namanganlik ta’lim sohasi vakillari O‘zLiDeP taklif-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdi

20.10.2024
84

Namangan davlat pedagogika instituda O‘zLiDeP raisi Aktam Xaitovning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ta’lim sohasi xodimlari, olimlar va universitet talaba yoshlari partiya dasturi bo‘yicha o‘z taklif-tavsiyalarini, fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Ta’kidlanganidek, partiya joriy yil 27 oktyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovga “Va’da emas, natija, ertaga emas, bugun”, degan shior bilan kirib kelmoqda. O‘zLiDeP bu yilgi saylovoldi dasturida ham tadbirkorlar, ishbilarmonlar, fermerlar, fan-ta’lim, tibbiyot sohasi xodimlari manfaatlarini himoya qilishga jiddiy e’tibor qaratgan.

Tadbirda ta’kidlanganidek, yangilangan Konstitutsiyamizda O‘zbekiston “ijtimoiy davlat” deb e’lon qilindi. Bu esa mamlakatimizning ijtimoiy majburiyatlarini uch barobarga ko‘paytirdi. Partiya ta’limning barcha bosqichlariga qamrov va sifat darajasini oshirish, ta’lim va intellektual rivojlanish bo‘yicha Yangi O‘zbekistonni dunyoning yetakchi mamlakatlari qatoriga kiritishni o‘zining ustuvor vazifasi, deb biladi. O‘zLiDeP maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirishni, davlat-xususiy sheriklik va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi. Kelgusi yillarda maktablarni rivojlantirish davlat dasturini joriy etish, 2030 yilga qadar qo‘shimcha 2,5 million o‘quvchi o‘rnini yaratish, ta’lim sifatini tubdan yaxshilash, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari sonini 2 barobarga oshirib, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 1 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish partiyaning kelgusi 5 yillikdagi ustuvor vazifasidir.

Uchrashuv ishtirokchilari ta’lim sohasi xodimlari davlat tashkilotlaridan mustaqil bo‘lgan va xolisona baholaydigan nodavlat “ta’lim auditi” tizimini joriy qilish, maktablar o‘rtasida o‘tkaziladigan barcha tanlovlar va tadbirlarda nodavlat maktablarining ham ishtirokini ta’minlash, shuningdek, respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi va o‘qituvchilari uchun beriladigan mukofotlar hajmini oshirish kabi vazifalarni qo‘llab-quvvatlashdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?