Yakshanba 22-Dekabr 2024-yil
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
0
Virtual qabulxona
Xayriya qilish

O’ZBEKISTON: YIM HAJMINI 160 MLRD DOLLARGA YETKAZISH MAQSADI YO’LIDA

13.09.2024
365

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi o‘z faoliyatidagi yo‘nalishidan kelib chiqqan holda joriy yilgi saylovoldi dasturida ham juda muhim tashabbuslarni ilgari surmoqda. Jumladan, YaIM hajmini 160 mlrd dollarga, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM hajmini 4 ming dollarga yetkazishni maqsad qilgan.

Ma’lumki, Yalpi ichki mahsulot (YaIM) yaxlit iqtisodiyot rivojlanish yakunini ifodalaydigan ishlab chiqarishning pirovard ko‘rsatkichi hisoblanadi.

Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda 2023-yilda YaIM hajmi joriy narxlarda 1 134,02 trln so‘m yoki o‘rtacha almashuv kursi bo‘yicha 96,6 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan.

Shu bilan birga, Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2023-yilda yalpi ichki mahsulotimiz ilk bor 100 milliard dollardan oshganini e’tirof etgan.

2023-yilda YaIM tarkibida qishloq xo‘jaligi ulushi 21,6 foizni yoki 20,9 mlrd AQSh dollarini, sanoatning ulushi 32,2 foiz yoki 31,1 mlrd AQSh dollarini, xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 46,2 foiz yoki 44,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan.

“O’zbekiston–2030” strategiyasida mamlakat yalpi ichki mahsulotini 2030-yilga borib 2022-yilga nisbatan ikki barobar ko‘paytirish, ya’ni uni 160 milliard dollarga yetkazish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ulushni 4000 dollarga yetkazish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha O’zbekistonni o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori davlatlar qatoriga chiqarish maqsad qilib belgilangan.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi:160 mlrd AQSh dollari marrasiga erishish kafolatlari qanday? Qo‘shilgan qiymat qaysi sohalar hisobiga to‘g‘ri keladi? Buning asoslari nimalardan iborat?

Tahlillar 2030-yilga borib 160 mlrd AQSh dollariga teng YaIM tarkibi bo‘yicha 45 mlrd AQSh dollari sanoatga, 30 mlrd AQSh dollari qishloq xo‘jaligiga va 85 mlrd AQSh dollari xizmat ko‘rsatish sohasi hissasiga to‘g‘ri kelishini prognoz qilish imkonini beradi.

O’zbekiston so‘nggi 5 yilda aholi jon boshiga YaIM ko‘rsatkichi muntazam o‘sib kelayotgan davlatlarning qatorida sanalmoqda.

Xulosa sifatida ta’kidlash mumkinki, 2030-yilga borib mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini 160 mlrd AQSh dollariga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjuddir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?