Gurlanda ishonchli vakilning targ‘ibot uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

29.09.2021, 10:36

Gurlanda ishonchli vakilning targ‘ibot uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

O’zLiDePdan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Sh.Mirziyoyevning saylovoldi dasturini targ‘ib qilish bo‘yicha targ‘ibot guruhi a’zolari bilan uchrashuvlar  o‘tkazilmoqda.

 Ana shunday uchrashuv Gurlan tumanidagi Oqqum mahallasidagi “Gulimmat ota” fermer xo‘jaligida bo‘lib o‘tdi. Unda Oqqum, Qangli, Olchin  mahallalari saylovchilari ishtirok qildilar.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar nomzodning saylovoldi dasturidagi ustuvor yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlashdi.

Xorazmda ham aniq maqsadlar ko‘zlanganligi e’tirof etildi. Xususan, viloyatda 250 mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratish maqsadi qo‘yilgan. Ularning 100 ming nafarini mahallalarda tadbirkorlikni keng joriy etish orqali tashkil etiladi. Turizm xizmatlarini kamida 5 barobarga oshirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi. 12 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, aholiga ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi. Shuningdek, transport, ta’lim, tibbiyot, ekologiya va boshqa ijtimoiy sohalardagi rejalar ham ma’lum qilindi.

- Bugun saylovoldi dastur bilan tanishar ekanman unda xalqimizning yanada farovon hayot kechirishi, yurtimizning obod bo‘lishi, iqtisodiyotimizning rivojlanishi ayniqsa, inson qadrining yuksalishi, barcha islohotlar inson manfaatiga qaratilishi biz saylovchilarni          quvontirdi, -dedi mehanizator Normat To‘liboyev.

Nomzodning ishonchli vakili Amin Vapayev so‘z olib yig‘ilganlarni  saylovoldi dasturidagi qolgan yo‘nalishlar bilan tanishtirdi va o‘tgan 5 yillikda qilingan ishlar, amalga oshirilgan islohotlar borasida hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berdi.

Uchrashuv davomida saylovchilar ham o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Nasiba Vaisova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

matbuot kotibi

Teglar
  • Ko'rildi
    560
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+