Deputat aralashuvi bilan muammo hal qilindi
03.11.2021, 17:01
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashi deputati Maxmud Qodirov o‘zi saylangan Birlik mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuvi davomida tabiiy gaz bosimi pastligi to‘g‘risida murojat kelib tushgan edi.
Bilasiz havo salqin tushushi bilan aholining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji ikki barobar ortadi. Hozir kunlar ham salqin. Shuning uchun ham deputat saylovchilar muammosini bartaraf qilish maqsadida muammoni atroflicha o‘rganib chiqdi va o‘rganish natijasida mahalla ahli uchun kelib turgan gaz quvurlarining eskirganligi, gaz bosimi pasayib ketganligi aniqlandi.
Mazkur muammo deputat aralashuvi bilan ijobiy hal qilindi. Ya’ni 25 ta xonadonga alohida gaz taqsimlagich o‘rnatib berildi hamda eskirgan gaz quvurlari yangisiga almashtirildi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Jizzaxlik mutasaddining hisoboti tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi
17.05.2024, 10:55
-
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
16.05.2024, 12:23
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
-
Deputatlik eshituvi tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi
26.01.2024, 11:58
Fikringizni qoldiring