30 nafar talaba-yoshlar O`zLiDePning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi

10.11.2021, 16:28

30 nafar talaba-yoshlar O`zLiDePning istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi

O`zLiDeP Toshkent shahar  Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi va Toshkent davlat sharqshunoslik universtiteti bilan hamkorlikda “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda partiya Toshkent shahar Kengashi faollari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlaridagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, universitet professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

– Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad partiya ish faoliyatida kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning malakasini oshirish, partiyaning rivoji uchun munosib faollarni tanlab olish, – deydi O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Mohiniso Farmonova. – Shu bois, loyiha doirasida kadrlarning bilimi, saviyasi, tajribasi, jamoatchilik o‘rtasidagi obro‘si xususida keng va batafsil o‘rganishga harakat qildik. Chunki partiyalar safini bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirish ustuvor vazifamiz.

Tadbir davomida partiya safiga qo‘shilishni istagan 10 nafar talabalarga O‘zLiDeP guvohnomasi topshirildi va siyosiy jarayonlarga qiziqishi baland bo‘lgan 30 nafar yoshlar istiqbolli kadrlar zaxirasiga olindi.

Tadbir so‘nggida O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi va sharqshunoslik universtiteti o‘rtasida memorandum imlozandi.

  • Ko'rildi
    672
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+