Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda

24.04.2024, 17:07

Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda

Savdo-sanoat palatasida “Yosh tadbirkorlar Ligasi” loyihasining taqdimotiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Savdo sanoat palatasi rahbariyati, tadbirkorlar, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda tadbirkorlik faoliyatiga qiziqishi bor yoshlarga ham nazariy ham amaliy bilim va ko‘nikmalar berish orqali ularda tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish maqsad qilindi.

Taʼkidlanganidek, joriy yilgi Davlat dasturida yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish va biznes bilan shug‘ullanishga qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida ajratilayotgan kreditlarning kamida 40 foizi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga yo‘naltirilishi, 2024 yil 1 iyundan boshlab «Yosh tadbirkor» tanlovlarini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omili sifatida biznes uchun yana-da qulay sharoitlarni yaratish maqsadida «Biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturi» doirasida 2024 yil yakuniga qadar kompleks qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish orqali 2 million aholini biznesga jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali 5 million aholining bandligini taʼminlash uchun zarur sharoitlar yaratilish yuzasidan maʼlumotlar berildi.

Shuningdek Partiya tomonidan “Yosh tadbirkorlar Ligasi” loyihasining maqsad va vazifalari haqida maʼlumotlar berildi. Ishtirokchi yoshlar ham o‘z takliflari va fikrlarini bildirib o‘tdilar.

  • Ko'rildi
    28
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+