Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
Bank-moliya akademiyasida O’zLiDePning "Yoshlar 1+1: moliyaviy savodxonlik" loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ushbu loyihaga Prezidentimiz tomonidan 2023 yil 11 sentyabrdagi “O’zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni tayanch vosita bo‘lib xizmat qildi. Ushbu strategiyaga muvofiq yangi O’zbekistonni barpo etish bo‘yicha aholining xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash ustuvor maqsad sifatida ilgari surilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda aholi ayniqsa, yoshlarning moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga qaratiladigan e’tibor oshib bormoqda. Bu o‘z navbatida, iqtisodiy taraqqiyotining eng muhim omili hisoblangan fuqarolarning hayot sifati va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida yurtimizning har bir viloyatidan 20 nafardan, hamda Toshkent shahri uchun 60 nafar talaba yoshlar ishtirok etdi. Umumiy hisobda 320 nafar talaba-yoshlar mazkur loyihada ishtirok etishi mo‘ljallangan. Targ‘ibotchi sifatida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtisodiyot yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan yoshlar ishtirok etadi.
Targ‘ibotchilar uchun 1 oylik alohida kurs tashkil etilib, moliyaviy savodxonlik bo‘yicha dastlabki bilimlar beriladi hamda targ‘ibotchilar uchun qo‘shimcha tarqatma materiallar, taqdimotlar taqdim etiladi hamda yil davomida muntazam targ‘ibot ishlari respublika miqyosida tashkil etiladi.
O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
-
Maktab bitiruvchilari yoshlar kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi
01.03.2024, 22:13
Fikringizni qoldiring