Maktab bitiruvchilari yoshlar kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi

01.03.2024, 22:13

Maktab bitiruvchilari yoshlar kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi

O’zLiDeP Namangan shahar Kengashi yoshlarni kasbga yo‘naltirish maqsadida "Barkamol avlod" MFYda joylashgan yoshlar kichik sanoat zonasiga press-tur tashkil qildi.

Unda shahar Kengashi apparat rahbari, deputat Sohiba Gapparova, boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan ishlash guruh rahbari Ibragimov Bahodir, 88-maktab o‘quvchi yoshlari hamda partiya faollari ishtirok etishdi.

Dastlab ishtirokchilar ushbu mahallada tashkil etilgan Kichik sanoat zonasi faoliyati, tadbirkorlik ko‘rgazmalari, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar.

Bu maskanda maktab bilan hamkorlikda yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatib, milliy hunarmandchilik sirlaridan saboq berib kelinmoqda.

“Barkamol avlod” yoshlar kichik sanoat zonasi yer maydoni 10 gektarni tashkil etadi, umumiy qiymati 985,1 mlrd so‘m, tashabbuskorlar mablag‘lari – 975,1 mlrd so‘m, bank krediti 10,0 mlrd so‘m jami 46 ta loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qolgan 28 ta loyihalarda ham qurilish-montaj hamda uskunalarni o‘rnatish ishlari yakunlangach  ish o‘rinlari soni 6 470 taga yetkaziladi.

Mahallalar ichida sanoat zonalarini tashkil etishdan asosiy maqsad ushbu mahallada istiqomat qilayotgan aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratishdan iborat.

Press tur davomida ishchi xodimlar hamda yoshlarga partiyaning dasur va ustavi mazmun mohiyati hamda uning oldida turgan ustuvor vazifalari haqida tushunchalar berildi.

  • Ko'rildi
    60
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+