Prezidentimiz tashrifi buxoroliklarga ko‘tarinki ruh va shijoat bag‘ishlamoqda

22.02.2018, 10:36

Prezidentimiz tashrifi buxoroliklarga ko‘tarinki ruh va shijoat bag‘ishlamoqda

Bundan salkam bir yil avval davlatimiz rahbari viloyatimizda bo‘lganlarida, Kogon tumanida maishiy chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan zamonaviy klaster barpo etish loyihasi bilan tanishib,  loyihani qisqa vaqt ichida amalga oshirish bo‘yicha topshiriq bergan edilar.  

Ana shu topshiriqni bajarish uchun dastlab “nol” qiymatda olgan binomizni qayta ta’mirlab, bir kecha-kunduzda 450 tonna chiqindini qabul qilish quvvatiga ega bo‘lgan texnologiyani olib keldik. Keyin esa rezina va yaroqsiz shinalardan muqobil yoqilg‘i, shox-shabba, xazon hamda yog‘och chiqindilaridan brikit ko‘mir, qurilish chiqindilaridan imoratbop bloklar kabi jami o‘ndan ziyod turdagi mahsulotlarni tayyorlash uchun texnologiya xarid qildik. Hozirda korxonamizda 400 nafardan ziyod ishchi-xodim mehnat qilyapti. Kelgusida ham rejalarimiz ko‘p. Xususan, korxona faoliyatini kengaytirgan holda viloyatimizning barcha tumanlaridagi chiqindilarni qayta ishlashni maqsad qilganmiz.

Prezidentimizning korxonamizga tashrif buyurib, faoliyatimizni kengaytirish bo‘yicha bergan tavsiyalari korxonamiz jamoasi kuchiga kuch, g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shdi.  Ayniqsa, u kishining chiqindi qayta ishlansa, tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi, ko‘plab ish o‘rinlari yaratiladi, eng muhimi, ekologiyamiz toza bo‘ladi, keyinchalik suv va havo orqali aholi salomatligiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararning oldi olinadi, degan fikrlari bizni o‘z ustimizda ko‘proq ishlab, qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratishga undamoqda. Davlatimiz rahbarining bu kabi korxonalarni tashkil etishni rivojlantirish bo‘yicha bergan ko‘rsatmalari mamlakatimizda atrof-muhit musaffoligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim omildir.

 Nasriddin RAShIDOV,

Kogon tumanidagi “Aholitrans”

MChJ  raisi, O’zLiDeP faoli

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1386
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+