Gumbazlik ishsiz yoshlarga mahorat darsi tashkil qilindi

14.12.2021, 11:34

Gumbazlik ishsiz yoshlarga mahorat darsi tashkil qilindi

O’zLiDeP Andijon viloyat kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan Andijon tumanidagi "Gumbaz" MFYda istiqomat qilib kelayotgan 100 nafar ishsiz yoshlarni bandligini ta’minlash maqsadida mahorat darsi tashkil qilindi.

Mahorat darsi partiyaning asakalik faol tadbirkori Muxammadzulun Yakubov xonadonida tashkil qilindi.

Hozirda mazkur issiqxonada bulg‘or qalampiri, gul ko‘chatlari yetishtirilmoqda. Bundan tashqari tomorqasida parrandachilikda o‘ziga xos maktab yaratishga harakat kilayotgan tadbirkorning tavsiya va maslahatlari master-klass mashg‘ulotini o‘zida aks ettirdi. Ishtirokchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va tajriba almashishdi.

O’zLiDeP Andijon viloyat kengashi

Matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    302
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+