Deputat maktabning a’lochi o‘quvchilarini badiiy kitoblar jamlanmasi bilan taqdirladi

21.12.2021, 16:34

Deputat maktabning a’lochi o‘quvchilarini badiiy kitoblar jamlanmasi bilan taqdirladi

Siyosiy jarayonlarda yoshlarning faol ishtirok etishi mamlakatning demokratik rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. Bugun yoshlar o‘z fikri va o‘z so‘ziga ega. Deputat va yoshlar uchrashuvida yuqoridagi fikrlar yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi, Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman Kengashi hamkorligida “Deputat va Yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Deputat Bahodir Ziyoviddinov o‘zi saylangan 18-sanoat okrugi hududidagi 131-maktabda bitiruvchi yoshlar bilan muloqot qildi.  Yoshlarning tashabbus va takliflari tinglandi, muammolar o‘z yechimini topdi. Maktab yoshlari bilan ko‘plab loyiha va tashabbuslarni amalga oshirilishi belgilandi.

Muloqot yakunida bir guruh yoshlarga deputat tomonidan badiiy asarlar jamlanmasi topshirildi.

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

“Yoshlar qanoti”

  • Ko'rildi
    271
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+