Bog‘otlik maktab bitiruvchilari uchun biznes-tur tashkil qilindi

22.12.2021, 14:48

Bog‘otlik maktab bitiruvchilari uchun biznes-tur  tashkil qilindi

O'zLiDeP Bog‘ot tuman Kengashi tashabbusi bilan Bog‘ot tumanidagi "KHOREZM-TEX" MChJda 3-sonli maktab bitiruvchi o‘quvchilar ishtirokida biznes-tur tashkil qilindi.

Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashi deputati, korxona rahbari  Sarvar Nurmetov maktab bitiruvchilarini korxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Tadbirda ishitirok etgan yoshlar yangi zamonaviy so‘ngi texnologiyalar, turli uskunalar bilan ishlash jarayonlarini kuzatib bordilar.

Mazkur korxona asosan paxta xomashyosini qayta ishlab undan ip-kalava mahsulotlarini tayyorlab, chet el davlatlariga eksport qiladi. Bu yerda tumandagi 600 nafarga yaqin xotin-qiz va yoshlar ish bilan ta’minlangan. Ular orasida “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.  Korxona 2019 yilda klaster yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. 11 ming gektarga yaqin paxta yerlarida yetishtirilgan hosilning har bir gektaridan 30 sentnergacha hosil olinmoqda. Natijada o‘tgan yilning o‘zida 12,5 million AQSh dollarlik ip-kalava mahsulotlari Xitoy, Rossiya va Malayziya kabi davlatlarga eksport qilishga erishilgan. Korxonaning kelgusidagi rejalari katta. Ip-kalava bilan cheklanib qolmay tayyor gazlama, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlarini ham  ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish niyatida. Shuningdek, chigitdan paxta yog‘i, sovun, chorva uchun yem ishlab chiqarish va ming bosh qoramol boqish uchun ferma tashkil etishni va yangi ish o‘rinlarini yaratib, eksport hajmini oshirish maqsadida ishlar boshlab yuborilgan.    

Muloqot davomida korxona rahbari yoshlar bo‘sh vaqtlarida kelib ish jarayonlarini kuzatishi, o‘rganishlari uchun o‘quvchilarni  taklif qildi. Bu taklif o‘quvchilarni ham xursand qildi va ular bu taklifga asosida ma’lum bir kun va vaqtda kelib o‘rganishga va’da berishdi. Yangi O’zbekiston yoshlari bilag‘on, har sohaning egalari, yetuk mutaxasisslari bo‘lishi uchun bugundan harakat qilishlari  lozimligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida mehmonlar partiyaga o‘z minnatdorchiligini  bildirishda va yana shunday uchrashuvlar, loyihalar o‘tkazilishiga taklif berishdi.

Nasiba Vasiova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat

Kengashi matbuot kotibi

  • Ko'rildi
    201
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+