Deputat o‘z saylov okrugidagi mahallalarda yig‘ilib qolgan muammolarni o‘rgandi

07.01.2022, 11:17

Deputat o‘z saylov okrugidagi mahallalarda yig‘ilib qolgan muammolarni o‘rgandi

Andijon tumanidagi 59-Hoqon saylov okrugidagi mahallalar ahli bugun o‘zlari saylagan deputatdan rozi ekanliklarini ko‘p ta’kidlashadi. Axir saylovchilari holidan tinmay xabardor bo‘ladigan, kimga qanday ko‘mak kerak bo‘lsa doim tayyor fidoyi xalq noibidan rozi bo‘lmay bo‘ladimi?

Mazkur saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat kengashi deputatligiga saylangan Xurshidaxon Xalilovaning 2022 yil “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” dagi ilk uchrashuvi Andijon tumanidagi “Jevachi” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. Deputat saylovchilar bilan muloqotda davlatimiz rahbari tomonidan mahallalarga alohida e’tibor bilan qarayotgani, yurtimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritdi.

Hisobot yig‘ilishi davomida fuqarolar tomonidan tushgan murojaatlarning yechimi bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Bundan tashqari, mahalla ahli vakillarining kredit, elektr energiyasi, uy-joy, kommunal to‘lovlari masalalaridagi qator muammolariga imkon qadar yechim topilib, maslahat va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, xalq noibi tomonidan mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi fuqarolarga alohida ehtirom ko‘rsatildi va ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Mana, fidoyi deputatning yana bir kuni. Kundalik faoliyatini saylovchilari holidan xabar olish, ularga yelkadosh bo‘lishlikdan boshlagan Xurshidaxon Xalilova mahalladan chiqarkan, yengil tin oldi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    439
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+