O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” faollari aholi tomorqalarini ko‘zdan kechirdi
21.01.2022, 15:37
O‘zLiDeP Paxtaobod tuman Kengashi “To‘pajuvoz” MFYda “Namunali tomorqachi” loyihasi doirasida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Unda mahalliy Kengash deputatlari, tajribali tadbirkor va fermerlar, partiya tuman kengashi “Ayollar qanoti” guruhi a’zolari hamda o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.
O‘zLiDeP faollarining aytishicha, bugun partiya faollari aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlashga jiddiy kirishgan. Olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida tumanda tomorqa madaniyati yildan-yilga yuksalib, oilalar daromadi oshmoqda.
- Men gulchilik bilan 12 yildan buyon shug‘illanaman. Besh nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minladim. 100 xil turdagi gullardan har oyda ikki million daromad olaman, - deydi partiyamizning ko‘p yillik faoli, ayollar qanoti guruhi a’zosi Baxridilxon Ro‘zimatova.
Partiya tomonidan bo‘sh yerlardan unumli foydalanish, issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilgan targ‘ibot ishlari o‘z samarasini beryapti. Mahallamizdagi har ikki xonadonning birida issiqxona bor. Yilning to‘rt faslida barcha sabzavotlar muhayyo.
Xullas bugun mahallada hamma ish bilan band, ishsiz odamning o‘zi yo‘q. Bu esa tumanda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor samarasidir.
O'xshash yangiliklar
-
Mingdan ortiq shogird tarbiyalagan ishbilarmon Madina Kasimbayeva tanlov g‘olibi bo‘ldi
14.05.2024, 14:07
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
Fikringizni qoldiring