O’zLiDeP “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan tomorqachilik yo‘nalishida mahorat darslari o‘tkazilmoqda
24.01.2022, 15:52
O’zLiDeP Andijon viloyati kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Namunali tomorqachi” mavzusida mahorat darslari o‘tkazilmoqda.
Qo‘rg‘ontepa tumanida ham mazkur mahorat darslari o‘tgan bir yillik qisqa vaqt mobaynida o‘zlarining samarali mehnatlari bilan namunali tomorqachilar safiga qo‘shilgan Mukarramxon Anvarova xonadonida bo‘lib o‘tdi.
Mukarramxon o‘tgan yili 20 sotix maydonda issiqxona tashkil qilib, limon, pomidor, bodiring hamda farmatsevtikada foydalaniladigan gul ko‘chatlarini yetishtirib kelmoqda.
- Tomorqamizdan bir yilda ikki marotaba hosil olishni yo‘lga qo‘ydik, - deydi Mukarramxon Anvarova. – Birgina limonning o‘zidan 1 tonna hosilni yig‘ishtirib, 20 milliondan ortiq daromad oldik. Mahallamizdagi 6 nafar ishsiz xotin-qizlarni ish bilan ta’minladik.
Hududdagi mazkur xonadonda bo‘lgan kishi bu tomorqa yer egalarining tomorqalarida igna sanchishga ham bo‘sh joy yo‘qligining shohidi bo‘ladi. Halol mehnat evaziga nafaqat o‘zlarining, balki aholi dasturxonlarining to‘kin bo‘lishiga erishishmoqda.
“Uchqun” mahallasi aholi xonadonlaridagi tomorqalarda bo‘lgan partiya viloyat hamda tuman Kengashi xodimlari, tuman mahallalaridan tashrif buyurgan mahorat darsi ishtirokchilari hudud aholisining har bir qarich yeridan unumli foydalanishga harakat qilayotganliklarining guvohi bo‘lishdi.
Mahorat darsi har jihatdan samarali, foydali hamda qiziqarli tarzda yakun topib, mehnati ila elda e’zoz topayotgan tomorqachilar mehnati e’tirof etildi, ularga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Mingdan ortiq shogird tarbiyalagan ishbilarmon Madina Kasimbayeva tanlov g‘olibi bo‘ldi
14.05.2024, 14:07
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
Fikringizni qoldiring