Nukus shahridagi yoshlar yetakchilari O’zLiDePga a’zo bo‘ldi

03.02.2022, 17:01

Nukus shahridagi yoshlar yetakchilari O’zLiDePga a’zo bo‘ldi

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan Prezidentimizning joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mahallalarda ish boshlagan yoshlar yetakchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi. 

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur  ma’lumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish,   yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirishda ularga katta mas’uliyat yuklatilganligini qayd etdi.  

Ayniqsa yoshlar yetakchilarining tadbirkorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida – “O’zbekiston uchun 100 g‘oya” va “Mahallaning ishbilarmon tadbirkori” tanlovlari, “Biznesga birinchi qadam” grant  loyihasi  hamda  muvaffaqiyatga  erishgan  tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etish borasidagi ishlari yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etishda, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishda  muhim ahamiyat kasb etadi. 

Uchrashuv davomida Nukus shahrida ish boshlagan yoshlar yetakchilari  partiyaga a’zolikka qabul qilindi va ularga partiya guvohnomalari topshirildi.

 O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    307
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+