O’zLiDeP faoli, senator tashabbusi bilan qishloqdagi xavfli yo‘l ta’mirlanmoqda
08.02.2022, 14:50
O’zLiDeP faoli, senat a’zosi A.Sanginov Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani fuqarolari bilan uchrashib, ularning murojaatlarini tinglagan edi.
Uchrashuv davomida tuman markazidan 40 km uzoqlikda joylashgan G’orud qishlog‘ida istiqomat qiluvchi aholi vakillari qishloqdagi mavjud tog‘ yo‘lining 5 km qismi torligi, mashina va texnikalar harakatlanishida xavf-xatar hamda qiyinchiliklar mavjudligini ma’lum qilib, senatordan amaliy yordam so‘rashgan edi.
Senator tashabbusi bilan G’orud qishlog‘idagi yo‘lni ta’mirlash va kengaytirish ishlari uchun texnika jalb etilib, amaliy ishlar boshlab yuborildi. Ayni vaqtda aholiga qulayliklar yaratish uchun yo‘llarga qo‘shimcha tuproq to‘kilib, kengaytirilmoqda. Ish jarayonlari senator nazoratida olib borilmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Делегация УзЛиДеП вылетела в Китай
08.05.2024, 19:31
-
Dehqonchilik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun nimalar o‘zgardi?
07.05.2024, 16:47
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
Fikringizni qoldiring