"IYMAN textile" to‘qimachilik korxonasi xotin-qizlari O’zLiDeP safiga qo‘shildi
16.02.2022, 17:25
Qarshi tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur tikuv-trikotaj mahsulotlari korxonasi 12,5 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ evaziga barpo etilgan bo‘lib, majmua yiliga 3 million dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirgi kunda bu yerda 100 nafardan ziyod xotin-qiz uchun doimiy ish o‘rni yaratilgan.
Korxonada O`zLiDeP viloyat va tuman kengashi xodimlari tomonidan xotin-qizlar uchun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi. Tadbir so‘ngida “IYMAN” tekstil tikuvchilik majmuasining 20 nafar tikuvchi xotin-qiz partiya a’zoligiga qabul qilindi.
O`zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring