217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi

05.04.2024, 12:57

217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi

G’ijduvon tumanidagi ko‘p tarmoqli, Oliy Majlis Senati a’zosi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Ochilov rahbarlik qilib kelayotgan “Parvoz Xumo ravnaq trans” MChJ huzurida bundan salkam 5 yil oldin atigi 11 nafar maslakdoshlar bilan o‘z faoliyatini boshlagan O‘zLiDeP tayanch bo‘g‘ini hisobida bugungi kunda 217 nafar partiya a’zosi faoliyat olib bormoqda.

Ushbu korxonaning keyingi yillardagi ishlab chiqarish yutuqlarida nafaqat ahil mehnat jamoasining, balki bu yerdagi partiya a’zolarining ham salmoqli hissasi bor.

Darhaqiqat, 2018 yildan boshlab to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ushbu korxona mamlakatimizdagi peshqadam turdosh sub’ektlardan biri sifatida keyingi paytda Rossiya, Polsha, Eron, Turkiya, Xitoy singari davlatlarga o‘z mahsulotlarini jo‘natib, eksport salohiyatini yanada mustahkamlab kelmoqda. Korxonada mingdan ortiq ishchi-xizmatchilar va muhandis texnik-xodimlar bandligi ta’minlangan bo‘lib, birgina o‘tgan 2023 yilgi ish natijalariga binoan, umumiy miqdori 85 mln AQSh dollariga teng to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilib, ushbu miqdorning 56 AQSh dollarlik mahsulotlari yuqoriga tilga olib o‘tilgan xorij mamlakatlariga jo‘natilgan. E’tiborlisi, har yili korxonada 9400 tonnadan ziyod sifatli ip-kalava ishlab chiqarilayotganligi keyingi ish bosqichlari bardavomligini ta’minlamoqda.

“Parvoz xumo ravnaq trans” MChJning O‘zLiDeP tayanch bo‘g‘inida o‘tkazilgan navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishida mazkur korxonadagi ishlab chiqarish yutuqlari, bajarilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar bejiz tilga olib o‘tilgani yo‘q. Negaki, faol partiya a’zolari, jumladan, yigiruv sexi ishchilari Dilfuza Mardonova, Gulrux Temirova, bo‘yoq sexi operatori Zayniddin Dehqonov, ushbu sex ishchisi Komiljon Hojiyev, shuningdek, suv ta’minoti bo‘yicha mas’ul Baqo Rashidov va boshqalarning ham korxona mehnat muvaffaqiyatlariga qo‘shgan hissasi kam emas.

BPT hisobot-saylov yig‘ilishida kun tartibidagi barcha masalalar, xususan, “O’zbekiston-2030” strategiyasi hamda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” ga oid davlat dasturidan kelib chiqadigan partiya quyi bo‘g‘ini oldida turgan vazifalar yuzasidan atroflicha fikr yuritilib, BPTning hisobot davridagi faoliyati ijobiy baholandi. Quyi bo‘g‘inning 2024 yilga mo‘ljallangan ish rejasi tasdiqlandi. Tayanch bo‘g‘in yetakchiligiga esa partiya faoli Nargiza Ataullayeva saylandi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    40
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+