“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda 

08.04.2024, 17:01

“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda 

Koson tumanidagi “Bunyodkor tekstil” MCHJ boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot - saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat va Koson tuman kengashlari masʼul xodimlari, partiya faollari, deputatlar ishtirok etgan yig‘ilishda quyi bo‘g‘inning o‘tgan davrdagi hisoboti tinglandi.  Unda taʼkidlanishicha, BPT aʼzolari hisobot davrida aholi o‘rtasida partiyaning dasturiy maqsadlarini keng ko‘lamda targ‘ib qilishdi. Olib borilgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari samarasi o‘laroq  xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik keng rivojlanib, o‘ttizdan ortiq maslakdoshimiz o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi.

Jamiyatda 450 nafar kishi mehnat qiladi. Har yili 12 ming gektar joyga chigit ekib, paxta yetishtirishadi. Chigit qayta ishlab, chorva ozuqasi va yog‘ ishlab chiqaradigan sexlar faoliyat olib bormoqda. Paxta tolasi qayta ishlanib, ellikdan ortiq turdagi erkaklar, xotin-qizlar va bolalar kiyimlari tayyorlanib, xorijga eksport qilinmoqda. O‘tgan davr mobaynida korxonada partiya aʼzolari soni 15 nafardan 27 nafarga ko‘paydi.  BPTning o‘tgan yildagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi. 

 Yig‘ilishda O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov  so‘zga chiqib,  “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturidan o‘rin olgan ustuvor vazifalarni  ijrosini taʼminlash,  BPT faoliyatini jonlantirish, xotin-qizlar  va yoshlarni mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish borasidagi innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amaliy ishlarni yana-da kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirdi.

Taʼkidlash kerakki, mazkur boshlang‘ich tashkilot faoliyati  samarali tashkil etilayotganligi bois tuman partiya kengashining amaliy ishlari salmog‘i kun sayin ortib borayotir. Bu esa partiyaning jamiyatda taʼsir kuchi, obro‘-eʼtibori oshib, dasturiy maqsadlari ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlarni  talablar darajasida tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Yig‘ilish so‘ngida  BPTning joriy yildagi faoliyatini yana-da jonlantirish,   aʼzolarni partiyaviy topshiriqlar bilan qamrab olish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ulug‘bek BOYMURODOV,

O‘zLiDeP Koson tuman kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    31
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+