BPT hisobot-saylov yig‘ilishlari tanqidiy-tahliliy ruhda tashkil etilmoqda
16.02.2022, 17:27
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi tomonidan tuzilgan ishchi guruh joylarda boshlang‘ich partiya tashkilotlarining hisobot-saylov yig‘ilishlarida ishtirok etmoqda.
Jumladan, kuni kecha cho‘l hududi hisoblangan Konimex tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlarda partiyaning quyi bo‘linmasida yil davomida olib borilgan ishlar sarhisobi tahlil etilib, 2022 yil ish–rejasi uchun takliflar qabul qilindi.
Dastlab Konimex tuman Sho‘rkul MFY hududidagi QVP qoshida tashkil etilgan Sho‘rkul QVP BPT a’zolari bilan uchrashilib, BPT faoliyati o‘rganildi va qoniqarli topilib, BPT raisining nomzodi ko‘pchilik ovoz bilan qayta saylandi.
Shuningdek, Konimex kasb-hunar kolleji qoshida tashkil etilgan BPTda ham hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazilib, BPT raisi Sh. Yo‘ldoshevaning quyi bo‘linma ish faoliyatiga doir hisoboti tinglandi. 42 nafar O’zLiDeP a’zosini bir maslakka birlashtirgan ushbu quyi tuzilmaning saylov jarayonlarida va targ‘ibot-tashviqot ishlarida hududiy partiyaga kamarbastaligi, a’zolik badallariga ham mas’uliyatli yondashuvi e’tirof etildi.
Shu bilan birga BPT raisi Sh.Yo‘ldoshevaning faol harakati va tirishqoqligi ortidan amalga oshirilgan ishlar va o‘tkazilgan tadbirlar birma-bir sanaldi.
Har ikki tadbir jarayonlarida faol a’zolar partiyaning targ‘ibot vositalari bilan rag‘batlantirildi.
M. Pirnafasova,
O’zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi
jamoatchilik bilan aloqalar va
mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring