Hisobot-saylov yig‘ilishlarida yutuqlargina emas, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham tahlil qilinyapti

21.02.2022, 17:15

Hisobot-saylov yig‘ilishlarida yutuqlargina emas, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham tahlil qilinyapti

O‘zLiDeP Jizzax shahar Kengashi tarkibidagi o‘z saflariga
 8 mingdan oshiq maslakdoshlarimizni birlashtirgan 85 ta Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida ham navbatdagi hisobot- saylov yig‘ilishlari tanqidiy-tahliliy tarzda o‘tmoqda.

Jizzax shahridagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat hududiy boshqarmasida tashkil etilgan va
25 nafar partiyadoshlarimizni birlashtirgan boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishida ham BPT yetakchisi Shahzod Qodirov o‘z safdoshlariga o‘tgan vaqt davomidagi ishlar yuzasidan hisobot berdi. Partiya Saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalar ijrosini ta’minlash, ularni keng targ‘ib qilish, yangi a’zolarni partiyaga jalb qilish, aholi murojaatlari bilan ishlash va shu kabi yo‘nalishlardagi  yutuq va muvaffaqiyatlargagina emas, balki yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga ham ochiq - oydin to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida ularni bartaraf etish yuzasidan partiyadoshlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalar, takliflar umumlashtirildi, yangi ish rejalari belgilab olindi.

BPT a’zolari o‘z yetakchilari hisobotini qoniqarli deb topib, uni yana raislikka qayta saylashdi. Shu bilan birgalikda hududdagi aholini qiynayotgan, ular aholi murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni partiyaviy vositalar bilan hal qilishda deputatlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Iroda Mamatqulova,

O‘zLiDeP Jizzax shahar Kengashi

apparat rahbari

 

 

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    316
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+