O’zLiDeP “Ayollar qanoti”ning “Namunali tomorqachi” loyihasi amalda

24.02.2022, 15:39

O’zLiDeP “Ayollar qanoti”ning “Namunali tomorqachi” loyihasi amalda

O’zLiDeP Vobkent tuman Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, tuman Kengashi deputati  Shamsiya Saidova hamda tuman 25-maktab direktori, patiya faoli Zebo Hakimova bilan “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” tamoyilini hayotga joriy etish maqsadida “Namunali tomorqachi” loyihasi doirasida “Xayrabod” MFY dagi bir guruh xotin-qizlar bilan uchrashdilar hamda ularning xonadonlarini o‘rgandilar.

“Ayollar qanoti” faollarining sa’y-harakati bilan MFY o‘ramidagi xonadonlarning aksariyatida issiqxonalar tashkil etilib, ularda pomidor, rediska, kartoshka singari mahsulotlar va turli ko‘katlar yetishtirilib  dasturxon to‘kinligi ta’minlanayapti. Masalan,  O’zLiDeP a’zosi Muxlisa Umarova hovlisiga tashkil etilgan 5 sotixdan iborat issiqxonada 5 kishining bandligi ta’minlangan. Uning mahalladoshi Shahnoza Sayfiddinova xonadoniga qarashli 2 sotixli issiqxonada ham sabzavot ekinlar parvarishi avjida. MFY dagi 50 ga yaqin xonadonlarning har birida 2.5- 5 sotixgacha issiqxonalar tashkil etilgan bo‘lib ulardan olinayotgan daromad xonadonlardagi sarf-xarajatlarini to‘la qoplayapti. Hududdagi issiqxonalar negizida partiya faollari tomonidan vaqti-vaqti bilan o‘tkazib kelinayotgan mahorat darslarida ko‘plab, xususan hududdagi ishsiz, kam ta’minlangan, “Ayollar daftari” ro‘yxatida turgan ayollar jalb qilinib, ularga sohaning sir-asrorlari o‘rgatiladi. Bu esa o‘z navbatida ularning keyinchalik mustaqil ravishda faoliyat olib borishlari va bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mahorat darsi tinglovchilari  hududdagi 29- umumta’lim  maktabida “Ayollar qanoti” faoli Shamsiya Saidova sa’y-harakati bilan tashkil etilgan sumalak saylida ham ishtirok etib, tobora yaqinlashib kelayotgan Navruz bayramoldi tadbirlarini boshlab yubordilar. Asrlar osha yashab kelayotgan sumalak sayli kabi milliy qadriyat va an’analarimiz xalqimizning qadim tarixi va ruhiyati bilan chambarchars bog‘liq bo‘lib, ularda tabiatdagi o‘zgarishlar, fasllar almashinuvi o‘z aaksini topgan e’tiqodiy qarashlar davom etishda O’zLiDeP tuman deputati Shamsiya Saidova o‘z hissasini qo‘shmoqda.

  • Ko'rildi
    531
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+