Elektr ta’minoti korxonasi: iste’molchilarga qanday xizmat ko‘rsatishdi?

25.02.2022, 16:10

Elektr ta’minoti korxonasi: iste’molchilarga qanday xizmat ko‘rsatishdi?

Muzrabot tumani Elektr ta’minoti korxonasida tashkil etilgan O’zLiDeP boshlang‘ich partiya tashkilotlarining navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O`zLiDeP boshlang‘ich tashkilotining 2021 yildagi faoliyati yuzasidan hisobot berildi.

O’tgan davr mobaynida boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan a’zo bo‘lgan fuqarolarga berilgan ko‘mak haqida so‘z bordi. Korxonadagi ayrim fuqarolarga tomorqasida issiqxona qurib, daromad olishi uchun kredit mablag‘i ajratilishida, shuningdek, parrandachilik va boshqa kichik tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishlari uchun ham BPT tomonidan qo‘llab-quvvatlangani haqida aytib o‘tildi.

Shundan so‘ng, Boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi va o‘rinbosari qayta saylab olindi. Bir yo‘la tashkilotning 2022 yil uchun ish rejasi tasdiqlanib,  “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”dagi belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda BPTning 2022 yildagi ustuvor vazifalari belgilab olindi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala bo‘yicha Xalq deputatlari Muzrabot tumana Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan tuman Elektr ta’minoti korxonasi rahbarining 2021 yilda amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida hisoboti ham eshitildi. Albatta, kuz-qish mavsumida elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sabab aholi tomonidan ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Ularni bartaraf etish uchun korxona vakillari tomonidan 2021 yilda 85 km masofaga beton stalbalar, va yopiq kabellar leniyasi tortilganligi hamda 14 ta transformator o‘rnatilganligi haqida ma’lumot berildi.

Tursunali Abdullayev,

O`zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

tashkiliy-partiyaviy va istiqbolli

kadrlar bilan ishlash bo‘limi mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    234
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+