Ishchi guruh hududda: Beshariqda Raqamli iqtisodiyotni "drayver" sohaga aylantirish borasidagi ishlar o‘rganildi

25.02.2022, 16:20

Ishchi guruh hududda: Beshariqda Raqamli iqtisodiyotni

O’zLiDeP vakillari va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlardan tarkib topgan ishchi guruh a’zolari Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida belgilangan maqsadlar va vazifalarning ijro etilishi holatini o‘rganmoqda. O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Shuxrat Sharofiddinov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida Raqamli iqtisodiyotni "drayver" sohaga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Jumladan, tumandagi “Agrobank” ATB, AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB filiallariga tashrif buyurildi. Ularda bank xizmatlari onlayn turlarini kengaytirish hamda kredit ajratish bo‘yicha tahlillarni avtomatik tarzda amalga oshirish bo‘yicha skoring tizimlarini joriy etilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O’tkazilgan monitoring shularni ko‘rsatdiki, aholiga masofadan xizmat ko‘rsatish ishlari tobora kengayib bormoqda, mijozlarga onlayn-kredit, chakana.uz  platformalari, internetbank, internet-sms, mobilbank va boshqa qulayliklar orqali xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Agrobank ATB filiali tomonidan yanvar oyida 255ta, fevral oyida esa 216 ta onlayn kreditlar berilgan, 11ta HUMO va Uzcard bankomatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, Mikrokrediktbank filiali tomonidan ham yanvar-fevral oylarida skoring tahlil orqali 80dan ortiq mikroqarz, iste’mol va onlayn kreditlar berilgan hamda 3ta bankomatlar faoliyat ko‘rsatib turibdi.

Shu bilan birga, ushbu tijorat banklari filiallarida elektron navbat tizimi joriy etilmaganligi aholiga bir muncha noqulayliklar tug‘dirayotganligi qayd etildi.

Bulardan tashqari tumanda raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali barcha aholi maskanlarini keng polosali ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish ishlari holati ham o‘rganildi. Bugungi kunda tumanda 292,2 km uzunlikda optik tolali aloqa liniyalari tortilgan, 5056ta keng polosali portlar o‘rnatilgan, 60ta umumta’lim maktablar, 60ta MTMlar, 14ta sog‘likni saqlash muassasalari, 62 ta MFYlar yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan.

O’rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar nazoratga olinib, o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

  • Ko'rildi
    241
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+