Partiya ishchi guruhi davlat dasturining 286-bandi bajarilishini muhokama qildi

09.12.2022, 18:12

Partiya ishchi guruhi davlat dasturining 286-bandi bajarilishini muhokama qildi

Tabiatga ta’siri xavfi yuqori darajadagi ob’ektlarning ifloslantiruvchi manbalaridan avtomatik ravishda namunalar olish tizimi tatbiq etilishining afzalliklari ko‘p. Chunonchi, inson omilisiz monitoring amalga oshiriladi, qayd etilgan ifloslanish holatlarini tezda bartaraf etish choralari ko‘riladi.

Bu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirishga oid davlat dasturining 79-maqsadi 286-bandida belgilangan. Shu boradagi ishlar holati qanday? Dasturda belgilangan  vazifalar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini olib boruvchi O’zLiDeP deputatlari, faollaridan iborat ishchi guruh Davlat ekologiya qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari ishtirokida  davra suhbati tashkil qilib, mazkur savolga javob izladi.     

Mutasaddilar qayd etganidek, avtomatik ravishda namunalar olish tizimini tatbiq etish bo‘yicha avtomat stansiyalar va statsionar kuzatish punktlarini o‘rnatish bo‘yicha tarmoq jadvali ishlab chiqilib, bu hujjat viloyat hokimi tomonidan tasdiqlandi. Xususan, viloyatdagi 45 ta sanoat korxonsining atmosferani ifloaslantiruvchi 107 ta manbalariga avtomatik stansilar, ularga tutash hududlarda 47 ta statsionar kuzatuv punktlarini o‘rnatish va yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish 2022 yildan 2026 yilgacha amalga oshiriladi. Shu yil davomida 7 ta korxonaning (jumladan, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Angren issiqlik elektr stansiyasi” AJ) 12 ta ifloslantiruvchi asosiy manbalariga avtomatik stansiyalar, ularga tutash hadudlarda esa 3 ta statsionar kuzatuv punkti ishga tushirildi.  Ekologik nazorat qurilmalari o‘rnatilgan korxonalarni davlat ekologiya qo‘mitasining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilishga doir bitimlar imzolangani ham e’tiborga molik.  

Mutaxassislar deputatlar, jurnalistlar, talabalarning savollariga javob qaytardilar.

Pirovardida tadbir ishtirokchilari davlat dasturining 286-bandida belgilangan vazifalar ijrosi qoniqarli, degan xulosa chiqardilar. 

Bobur Rasulev,

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi deputati,

ishchi guruh a’zosi 

  • Ko'rildi
    383
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+