Qonunchilik palatasi deputati BPT hisobot-saylov yig‘ilishlarida qatnashdi
25.02.2022, 17:20
G’ijdvon tumanining “Buktaroy” MFY huzurida tashkil etilgan partiya quyi bo‘g‘ini hisobot-saylov yig‘ilishida so‘zga chiqqan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuxrat Bafoyev mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi” nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishini, ushbu muhim hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan asosiy yo‘nalishlar hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga sezilarli ta’sir o‘tkazishini ta’kidlab, partiya quyi bo‘g‘inlarining ham bu borada o‘z o‘rni bo‘lishi lozimligini qayd etdi.
BPT faoliyat olib borayotgan ushbu mahallada jami 30ming aholi bo‘lib, xonadonlarda turli millat vakillari istiqomat qilib kelmoqda. Mahalladagi partiya a’zolari soni esa tobora oshib bormoqda. Hozirgi paytda bu yerda 28 nafar maslakdoshlar nafaqat o‘z mahallalarida, balki ushbu hududga tutash bo‘lgan Zarafshon, Armechan, Oqgul singari MFYlar aholisi o‘rtasida ham partiyaviy targ‘ibot-tashviqot ishlarini ham olib boryaptilar. Shu tariqa ularning sa’y-harakati bilan salkam 20 yildan beri aholining siyosiy dunyoqarashini shakllantirish, turli yoshdagi kishilarning O’zLiDePga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga erishilmoqda. BPT a’zolari o‘z yetakchilari Asliddin Tillayev rahbarligida bundan keyin ham davr talablari darajasida faoliyat olib boradigan bo‘lishdi. Yig‘ilish qaroriga binoan A.Tillayev BPT raisligiga qayta saylandi.
Shuningdek, deputat Shuhrat Bafoyev hamda O’zLiDeP viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari, viloyat Kengashi deputati Bobomurod Ochilovlar hududdagi boshqa bir qator quyi bo‘g‘inlarida o‘tkazilgan sarhisob tadbirlarida ham qatnashib, ular ishida samaradorlikka erishish bo‘yicha o‘z amaliy tavsiyalarini berdilar.
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring