BPT sarhisobi: “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar “Iymanteks” fabrikasining mohir tikuvchisiga aylandi

02.03.2022, 17:18

BPT sarhisobi: “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlar “Iymanteks” fabrikasining mohir tikuvchisiga aylandi

Qarshi tumanida  “Qarshiagroklaster” MChJ ta’sischiligidagi “Iymanteks” tikuvchilik korxonasida 300 nafarga yaqin xotin-qiz Yaponiyaning Juita kompaniyasida ishlab chiqarilgan zamonaviy tikuv mashinalarini mohirlik bilan boshqarib, eksportbop kiyim-kechaklar tayyorlashmoqda.

Yaqinda mazkur tikuvchilik majmuasi boshlang‘ich partiya tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bu yerda ishlab chiqarilanayotgan mahsulotning hammasi Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinayotgani, joriy yil yakuniga qadar 6 mln AQSh dollari qiymatidagi kiyim-kechaklarni xorijga eksport qilish mo‘ljallanayotgani,  200 dan ortiq zamonaviy tikuv mashinalarimiz kuchidan unumli foydalanilayotgani hamda  tumandagi “Ayollar daftari”da qayd etilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlashga e’tibor qaratilayotgani  xususida so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda korxonaning kelgusi rejalari haqida ham fikr bildirildi. Ayni paytda majmuada mehnat qilayotgan xotin-qizlarning 25 nafari partiya a’zosi bo‘lib, shu kuni yana 10 nafar xotin-qiz partiya safiga qabul qilindi. Hisobot-saylov yig‘ilishida mohir tikuvchi va master Yulduz Yo‘ldosheva majmua BPT raisi etib saylandi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    964
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+