Navro‘z – umumxalq bayrami arafasida sahovat tadbirlari o‘tkazildi

24.03.2022, 10:53

Navro‘z – umumxalq bayrami arafasida sahovat tadbirlari o‘tkazildi

Navro‘z bayrami arafasida Andijon viloyatida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Xususan,  xalqimizning yordamga muhtoj, extiyojmand kishilarga befarq emasligi, ularga har tomonlama ko‘maklashishdek olijanob fazilatlari, inson qadrini ulug‘lash, qutlug‘ sana va milliy bayramlar munosabati bilan o‘tkazib kelinayotgan turli tadbirlarda yaqqol  namoyon bo‘ladi.

O‘zLiDeP Xonobod  shahar Kengashi raisi, xalq deputatlari shahar kengashi deputati, hokim yordamchisi, tadbirkor Omadjon Djanpulatov tomonidan bu yilgi Navro‘z bayrami arafasida Xonobod shahar Istiqlol MFYga qarashli  ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi mahalla jamoat ishlarida faol ishtirok etgan aholi vakillari, shuningdek, extiyojmand va o‘zgalar yordamiga muhtoj fuqarolar, faxriylar va partiya faollari ishtirokida  Navro‘z – umumxalq bayrami arafasida sahovat tadbirlari o‘tkazildi. Ijtimoiy ta’minotga muhtoj oilalarga ko‘mak  berilib, bayram sovg‘alari topshirildi.

- Sahovatli insonlar bor bo‘lsin, – deydi mahallaning Istiqlol ko‘chasida  istiqomat qilayotgan Dilfuzaxon Mamirova. Bayram arafasida ko‘nglimiz yanada quvonchga to‘ldi. Ro‘zg‘or uchun kerakli mahsulotlar va ajoyib bayram sovg‘alari deputatimiz tomonidan tortiq etildi.

Xalq noibining bunday xayrli ishlari boshqa hududlarda  ham davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    521
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+