O`zLiDeP vakili xovoslik tomorqachining ishlari bilan tanishdi

24.03.2022, 18:41

O`zLiDeP vakili xovoslik tomorqachining ishlari bilan  tanishdi

Bir parcha yer butun oilani boqishi haqidagi gap endi cho‘pchak emas. Albatta, biroz qunt va ishtiyoq bo‘lsa bas eshigingiz oldida yozu qish poliz mahsulotlari birin-ketin yetilib turadi.

Mahallada tomorqadan unumli foydalanish borasida targ‘ibotlar olib borilishi sir emas. Ammo eng osoni-birni ko‘rib fikr qil, deganlaridek,  qo‘shnining ishiga qarab issiqxona qilganlar ko‘proq. O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri Xusan Jabborov Xovos tumani Istiqlol MFY Ziyokor qo‘chasida istiqomat qiluvchi Islombek Norqo‘ziyev xonadonida bo‘lib, uning tomorqada amalga oshirilayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Issiqxonada barq urib turgan ko‘chatlarni ko‘rgan kishi borki, unga havas qilishi tayin. Islom Norqo‘ziyev jo‘yaklardagi har bir ko‘chatni “taniydi”. Ularni parvarish qilish uchun o‘g‘it va issiqlikdan tashqari mehr kerakligini yaxshi biladi.

Dastlabki qiyinchiliklar, tushunmovchiliklar unut bo‘lganiga ko‘p bo‘ldi. Bugungi kunda 70 tup pomidor ko‘chati hosilga kirish arafasida. Har yili 2-3 marotaba hosil olib, ro‘zg‘origa baraka kirdi.

-Issiqxona yoniga yana qo‘shimcha maydonda 100 tup qulupnay, 10 dona sitrus meva ko‘chatlarini yetishtirayapmiz, - deydi Islom Norqo‘ziyev. - Xovos tuman Kengashi faollari bilan ham tomorqa bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etib turaman. Hamma ishda ustoz ko‘rgan yanglishmaydi. Mayli qiziqqanlar kelsin maslahat beraman, ko‘chat yetishtirishdagi tajribalarimni o‘rgataman. Harakat qilgan inson o‘ziga ham, mahallasiga ham foydasi tegadi. Farovonlikni o‘zimiz yaratamiz.

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi vakili bilan suhbat davomida Islom Norqo‘ziyev taklifi bilan bu sohaga qiziqqanlarga seminar o‘tkazishga kelishildi.

O`zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi

matbuot xizmati

Teglar
Tomorqa
  • Ko'rildi
    490
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+