Qonunchilik palatasi deputati talaba yoshlar bilan muloqot qildi

25.03.2022, 17:22

 Qonunchilik  palatasi deputati talaba yoshlar bilan muloqot qildi

Oliy Majlis Qonunchilik  palatasi  deputatlari saylov okruglarida bo‘lib, o‘z saylovchilari bilan muloqotlar o‘tkazmoqda.

Qonunchilik palatasi deputati Muxtar Ibragimov O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida bo‘lib,  talaba yoshlar uchun yangidan qurilayotgan 300 o‘rinli yotoqxonaning qurilish ishlari va loyihalar bilan tanishdi. 

 Hozirgi kunda yotoqxonaning qurilish ishlari “TREST 4”  mas’uliyati  cheklangan  jamiyatining qo‘li gul qurilishchilari tomonidan ishlar olib borilmoqda.  

Bundan keyin xalq vakili mazkur oliy dargohda ta’lim olayotgan talaba yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi  xodimlari, filialning professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar va OAV vakillari qatnashdi. Tadbirni filial direktori A.Ayapov ochdi va boshqarib bordi. Uchrashuvda parlament quyi palatasi deputati Muxtar Ibragimov, O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari, deputat Sharapat O’temisov va boshqalar keyingi yillari amalga oshirilgan islohotlarning natijasida mamlakatimizda  Yangi O’zbekistonni qurishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari yaratilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Qayd qilinganidek, so‘nggi yillari “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning osoyishtaligini yanada orttirish, iqtisodiy tarmoqlarni  transformatsiyalash va tadbirkorlikni izchil rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash va faol fuqarolik  jamiyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi. 

Tadbirda  Yangi O’zbekistonning  rivojlanish  strategiyasida  belgilab berilgan  ustuvor  vazifalar, ularning  mazmun-mohiyati bo‘yicha  talaba yoshlarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

Muloqot davomida talaba yoshlar Taraqqiyot strategiyasidan kelib chiqib, amalga oshiriladigan ishlar, ayniqsa maktabgacha ta’lim, umum ta’lim va oliy ta’limni yangi bosqichga ko‘tarish borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga deputatlar tomonidan  batafsil javoblar oldi.

Muloqot davomida deputatlar davlatimiz rahbarining “Yangi O’zbekiston strategiyasi”  kitobini  institutning  axborot-resurs  markaziga sovg‘a qildi. 

 O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    606
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+