Tadbirkor ikki ovsin

25.03.2022, 17:39

Tadbirkor ikki ovsin

Ertaki ekinlarni yetishtirgan dehqonning daromadi ham boshqalarnikiga qaraganda yaxshiroq bo‘ladi. Chunki endi qishdan chiqqanlar uchun yangi mahsulotning qiymati ham balandroqda.

Misol uchun, Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Uyas" mahallasi tumanda issikxona "drayver"i asosida tomorqa mahsulotlarini iste’molchilarga ertachi yetishtirib berish bo‘yicha yetakchilik qiladi. Mahallada yashovchi xonadonlarga kirsangiz, tomrqalarda yashnab turgan ekinlarni ko‘rib, bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Shu mahallada yashovchi Saodat Aliqulova “Ayollar daftari”da turadi. U II guruh nogironi bo‘lishiga qaramay, mehnatni yaxshi ko‘radi. Oila a’zolarining ko‘magi bilan tomorqasida gulkaram va bulg‘or qalampirini erta yetishtirib, yaxshigina daromad ko‘rmoqda. O’zining ro‘zg‘orini butlash bilan birga, qo‘ni-qo‘shnisini ham bunga undayotgani quvonarli. Shaxlo Hakimova hamda Saodat Nurmatovalar ham shu ayoldan o‘rganib, hozir uyida poliz mahsulotlarini yetishtirishmoqda.

“Elobod” mahallasidagi yana bir xonadonda ikki kelin ikki xil yo‘nalishda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotganiga nima deysiz. Tinib-tinchimagan ovsinlardan biri Nafisa Chorshanbiyeva ham “Ayollar daftari”da turardi. U  imtiyozli kredit olib, bir nechta tikuv mashinkasini xarid qildi. Hozirda mahalladagi xotin-qizlarga ham o‘z hunarini o‘rgatishga kirishgan. Ikkinchi ovsin Go‘zal Ismatova esa o‘zlari yashaydigan xonadon tomorqasida issiqxona qurib, gulchilik bilan shug‘ullanayapti.

Ikkala kelinning ham qiladigan yumushi bor. Qarabsizki, ortiqcha chaq-chaqlashishu g‘iybatga vaqtlari yo‘q. Ularning bu tutumi bekorchilikdan bir uyga sig‘may, kunda janjal qiladigan boshqa kelinlarga ham o‘rnak bo‘lmoqda.

O‘zLiDeP Surxandaryo viloyati Kengashi "Ayollar qanoti" va  Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi vakillari Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Namunali tomorqachi”  loyihasi asosida “Bir mahalla bir mahsulot” tamoyili orqali mahallalarda aniq bir ekin turiga ixtisoslashtirilgan maxsulotlar yetishtirilishini  o‘rganishar ekan, ular xonadonlardagi ana shunday tashabbuskor, mehnatkash ayollarni kashf qilishmoqda.

  • Ko'rildi
    378
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+