Deputat “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirda ishtirok etdi

28.03.2022, 16:40

Deputat “Yashil makon” umummilliy loyihasi  doirasidagi tadbirda ishtirok etdi

Joriy yilning 2 fevral kuni Prezidentimiz raisligida chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hududlardagi ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 2022 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi barcha hududlarda bo‘lgani kabi Xorazm viloyatida ham jadallik bilan davom etmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdulla Ro‘zmetov  mazkur loyiha asosida boshlangan ko‘cha va hiyobonlarda daraxt va gul ko‘chatlari ekish ishlarida faol ishtirok etdi.

–“Yashil makon” umummilliy loyihasi bir yillik tadbir emas, bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom etadi, – deydi A.Ro‘zmetov. – Chunki daraxtlar, o‘simliklar hayotimizda muhim rol o‘ynaydi. Ular bizga toza havo, issiq kunda salqinlik hadya etadi. Eng muhimi, yashil maskanlar, istirohat bog‘lari qancha ko‘p bo‘lsa, aholi ularda shuncha maroqli hordiq chiqaradi.

Deputat A.Ro‘zmetovning Xorazm viloyati Urganch shahri aholisi bilan yuzma-yuz muloqoti ham g‘oyat samarali kechdi. Uchrashuvda aksariyat masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi vaqt talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

  • Ko'rildi
    345
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+