Jo‘yjangaldagi tadbirkor Iqbol Choriyeva 6 kishini ishli qiladi

29.03.2022, 15:45

Jo‘yjangaldagi tadbirkor Iqbol Choriyeva 6 kishini ishli qiladi

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan "Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi"ning 37-maqsadi har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga o‘qish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, unda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash hamda mahallalarda "Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yaxshilash ham nazarda tutilgan. Bu maqsadlarga erishish uchun vohada ham amaliy harakatlar allaqachon boshlab yuborilgan.

Xususan, O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi "Ayollar qanoti",  Termiz shahar Kengashi vakillari ushbu yo‘nalishda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishmoqda.

Misol uchun, Termiz shahridagi "Jo‘yjangal" MFYda yashovchi  59 yoshli Iqbol Choriyeva ham hozirda o‘quv kursida hunar o‘rganmoqda. O’quv kursini tamomlagach,  imtiyozli kredit olib kichik tikuvchilik sexini ochib, mahllasidagi 6 nafar ayolni ishli qilishni rejalashtirmoqda. 

Partiya vakillari ushbu o‘quv kursida hunar o‘rganayotgan ayollar bilan suhbatda bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    200
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+