O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashining birinchi chorak faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi

30.03.2022, 16:10

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashining birinchi chorak faoliyati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Andijon viloyat Kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya viloyat Kengashi a’zolari, tuman va shahar Kengashlarining apparat xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova so‘z olib, viloyat Kengashi tomonidan  “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda partiyaning o‘rni va roli xususida to‘xtaldi. Partiya viloyat kengashi faoliyati bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga katta mas’uliyat va jiddiy tashabbus bilan yondashish zarurligi ta’kidlandi.

Apparat yig‘ilishida partiya Andijon viloyat Kengashining joriy yilning 1-choragi davomidagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash kerak, partiya viloyat Kengashi tomonidan chorak davomida  qilingan ishlar, barcha vazifalar, chora-tadbirlar ko‘lami, avvalo, mamlakatimiz rahbarining Taraqqiyot strategiyasida berilgan muhim topshiriqlar asosida tashkil etildi. Kadrlar bilan ishlash, partiyaning kadrlar zaxirasini shakllantirish, safimizni bilimli, tashkilotchi va vatanparvar yosh kadrlar bilan to‘ldirish, quyi bo‘g‘in faoliyatini kuchaytirish masalasi har doim eng ustuvor vazifalardan bo‘lib kelgan va hisobot davrida ham ushbu yo‘nalishda ma’lum ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, yig‘ilishda chorak mobaynida partiya xodimlari, faollari, xalq deputatlari mahalliy kengashlardagi O’zLiDeP deputatlik guruhlari a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Xususan, boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan ishlash, deputatlar faoliyatini yanada jonlantirish, yoshlar va ayollar qanoti loyihalarini ommalashtirish, siyosiy o‘quvlar orqali salohiyatli, dunyoqarashi keng, yuksak bilimli kadrlar zahirasini shakllantirish, OAVlarda yoritilish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ochiq, oshkora ruhda o‘tgan kengash yig‘ilishida faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan tuman, shahar kengashlari muhokama qilindi va partiyaning kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalari belgilandi.

  • Ko'rildi
    248
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+