“Bog‘bon” agrokompleksida xotin-qizlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi

04.04.2022, 14:28

“Bog‘bon” agrokompleksida xotin-qizlar uchun mahorat darsi  o‘tkazildi

Samarqandda “Namunali tomorqachi ayol – farovonlik bunyodkori!” loyihasi doirasida 1 kunlik amaliy mahorat darsi tashkil qilindi. Tadbirda O'zLiDeP viloyat, tuman Kengashi xodimlari, “Yong‘oq yetishtiruvchilar assotsiatsiya”si, “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi mas’ullari ishtirok etishdi. Mahorat darsida ishtirokchilarga qishloqlarda ishsiz aholini o‘zini o‘zi band qilishning asosi hisoblangan tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini yaxshilash, shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida dehqonchilik madaniyatini oshirishga ko‘maklashish, tomorqa xo‘jaliklarining moddiy manfaatdorligini oshirish, yer uchastkalaridan maqsadli va oqilona foydalanilish, ayniqsa bog‘dorchilikning yong‘oqchilik, uzumchilikni yanada yaxshilash, In-vitro laboratoriyalarining ahamiyati to‘g‘risida alohida tushunchalar berildi.

O’quv jarayonida “Bog‘bon” agrokompleksi hamda In-Vitro laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, dala sharoitida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. 

Marhabo Chuliyeva,

 O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    344
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+