Andijonda O’zLiDeP vakillari “Yashil makon – bizning makon” nomli ko‘chat ekish aksiyasini o‘tkazmoqda

06.04.2022, 14:24

Andijonda O’zLiDeP vakillari “Yashil makon – bizning makon” nomli ko‘chat ekish aksiyasini o‘tkazmoqda

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi qoshidagi Faxriylar Kengashi a’zolari tashabbusi bilan “Yashil makon – bizning makon” nomli aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Oltinko‘l tumanidagi “Dalvarzin”, “Yangi chek” MFYlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yashil makonni yaratishga hissamizni qo‘shamiz!” shiori ostida obodlik tadbirlari tashkil etildi.

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi qoshidagi faxriylar kengashi a’zosi Usmonjon Shokirov tashabbusi bilan olib kelingan mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ushbu mahallalarning tomorqasi, ichki va tashqi hududiga o‘tqazildi.

Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri. Zero, o‘zimiz yashab turgan joyni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tufayli ko‘nglimiz shodlikka to‘ladi, turmushimiz fayzli va farovon bo‘ladi, - deydi O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi qoshidagi faxriylar Kengashi a’zosi Usmonjon Shokirov. Yaqin orada bu ko‘chalarimiz albatta yashil makonlarga aylanadi.

Ushbu hayrli ishlarda Xalq deputatlari Oltinko‘l, Asaka va Baliqchi tuman  Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ham faollik ko‘rsatmoqda.  Mazkur loyiha doirasida daraxt ekish aksiyasi shahrimiz ekologiyasini tozalash bilan birga atrof-muhitni sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi.

  • Ko'rildi
    567
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+