“Sport – salomatlik garovi” shiori ostida yoshlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

06.04.2022, 14:40

“Sport – salomatlik garovi” shiori ostida yoshlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

O`zLiDeP Sirdaryo tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” tomonidan partiyaning faol yoshlari o‘rtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan ushbu sport bahsi ko‘tarinki kayfiyat va murosaga boy bo‘ldi.

-Men ushbu musobaqada ishtirok etganimdan juda mamnunman, bu yerda ko‘plab do‘stlar orttirdim, - dedi “Istiqbol” jamoasi sardori Tolib Mamatqulov.

Murosasiz kechgan bahsda voleybol bo‘yicha  3-o‘rinni “Yoshlar” jamosi, 2-o‘rinni “Yosh yulduzlar” va musobaqaning 1-o‘rin g‘olibligini “Istiqbol” jamoasi yoshlari qo‘lga kiritdi.

Stol tennisi musoboqasida esa 3-o‘rinni Sunnat Odiljonov, 2-o‘rinni Eldor Shermuxammedov va musobaqaning 1- o‘rin g‘olibligini Muxammadqodir To‘ychiboyev egalladi.

Tadbir so‘ngida musobaqada faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan jamoa va sportchilarga partiyaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi

matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    288
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+