Faxriylar Kengashi a’zolari nuroniylar holidan xabar olishdi

07.04.2022, 14:29

Faxriylar Kengashi a’zolari nuroniylar holidan xabar olishdi

Inson qadrini ulug‘lash va xalq manfaatlari ustunligini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash kabi ezgu ishlarga bosh qo‘shish turli sohalarda mehnat qilayotgan rahbar xodim, deputat, qolaversa, o‘zini shu yurt farzandiman deb bilgan har bir fuqaroning insoniylik burchidir.

O’zLiDeP Izboskan tuman kengashi qoshidagi Faxriylar Kengashi a’zolari tomonidan “Ittifoq”, “Mirzo Ulug‘bek” va “Qashqarlik” MFYlarda yashovchi mehnat faxriylari hamda imkoniyati cheklangan keksalar holidan xabar oldilar. Saxovat va ko‘mak tadbiri doirasidagi mazkur tadbirda tuman tibbiyot bo‘limi mas’ul xodimlari hamrohlik qildilar.

To‘shakka mixlanib qolgan 6 nafar fuqaroning uyiga borib tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Ularning har birining uy sharoitida davolanishlari bo‘yicha sog‘lomlashtirish rejasi tuzildi. Davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari boshlab yuborildi.

Tibbiy ko‘rik jarayonida “Ittifoq” MFY, 7-ko‘chasida yashovchi Xanifaxon Qo‘ziyeva ko‘zidagi xastalik bo‘yicha shifokorga murojaat qildi. Mazkur masala ijobiy hal qilinib, viloyat shoshilinch tez tibbiy yordam kasalxonasida imtiyozli davolanish uchun yo‘llanma rasmiylashtirildi.

Mana shunday ezguliklarga bosh qo‘shish, xalqimizning yashash sharoitini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami kun sayin ortib bormoqda.

  • Ko'rildi
    366
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+