Bo‘lg‘usi metallurglar orasidan faollar saralab olindi

13.04.2022, 13:21

Bo‘lg‘usi metallurglar orasidan faollar  saralab olindi

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi Tashkiliy-partiyaviy va istiqboldagi kadrlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Konchilik ishi va metallurgiya fakultetining bitiruvchi bosqichdagi talaba-yoshlari ishtirokida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda ta’kidlandiki, “Yangi avlod kadrlari” loyihasi partiya tashkilotlari tizimiga zamonaviy fikrlaydigan, ma’naviy yetuk, siyosiy dunyoqarashi keng bo‘lgan kadrlarni tanlash ishlarini yanada takomillashtirish, ularning siyosiy faolligini oshirish, siyosiy jarayonlarga keng jalb etish hamda partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga tavsiya etishga qaratilgan.

Uchrashuv davomida slayd-taqdimot asosida siyosiy partiyalarning kelib chiqishi tarixi, ularning yo‘nalishlari va turlari, O’zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar to‘g‘risida fikr yuritildi. Xususan, O’zLiDeP ning tashkil topishi tarixi va bugungi kundagi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tadbirda partiya tashabbusi bilan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, turli kasb-hunarlarga o‘qitish, o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish va bu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar xususida ma’lumotlar berib o‘tildi.

Davra suhbati yakunida tadbirda eng faol ishtirok etgan 7 nafar talaba yigit-qizlar partiyaning istiqboldagi kadrlari zahirasiga olinib, ularga O’zLiDeP Toshkent viloyati Kengashining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ravshanbek ABDURAHIMOV,

O’zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    505
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+