O`zLiDeP Faxriylar Kengashi a’zolari har jabhada faollik ko‘rsatmoqda

14.04.2022, 14:04

O`zLiDeP Faxriylar Kengashi a’zolari har jabhada faollik ko‘rsatmoqda

O`zLiDeP Andijon tuman kengashi qoshida tashkil etilgan Faxriylar Kengashining navbatdagi uchrashuvi “Umid” innovatsion o‘quv markazida tashkil etildi. Unda kengash raisi va a’zolari, partiya viloyat Kengashi mas’ullari va mahalliy kengash deputatlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Andijon tuman Faxriylar Kengashi raisi Abdumannob Malikov kirish so‘zi bilan ochib, mahallaning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va ularni ijtimoiy faoliyatga jalb etishga ko‘maklashish, keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda turli ijtimoiy-madaniy tadbirlar, telemarafonlar, maxsus sport musobaqalari, keksa yozuvchilar, can’at vakillari va ijodiy ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etishga ko‘maklashish Faxriylar kengashining asosiy vazifalaridan ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida faxriylar kengashi a’zolari “Qum ko‘cha” MFYda yashovchi aholi vakillari xonadonlarida bo‘lib, tomorqalaridan qay darajada foydalanib kelayotganligi, shuningdek, xonadonma-xonadon yurib targ‘ibot–tashviqot ishlarini olib borish, xususan tomorqa xo‘jaligi yumushlari bilan shug‘ullanayotgan xonadonlarga amaliy maslahat va yo‘l–yo‘riqlar berish imkonini yaratmoqda.

Uchrashuv mobaynida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, “Yashil makon” umummilliy harakatida faol ishtirok etish borasidagi takliflari ma’qullandi.

  • Ko'rildi
    331
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+