“Navro‘z” mahallasi muammolariga kim kamarbasta?

15.04.2022, 13:14

“Navro‘z” mahallasi muammolariga kim kamarbasta?

Andijon shahri, “Navro‘z” mahallasi, “Uyg‘ur” ko‘chasida istiqomat qiluvchi Husnigul Ismoilovaning farzandi tug‘ma nogironlik bilan dunyoga kelgan. Mana, to‘rt yildirki, ona dilbandining parvarishiga butun mehri bilan e’tibor beradi. Mavsumiy davolanishlar oilaning moddiy imkoniyatlarini ham cheklab qo‘yayotgani bor gap.

Xalq deputatlari shahar kengashi deputatligiga mazkur mahallani o‘z ichiga olgan “25-Toshhovuz” saylov okrugidan saylangan Diyorbek Abdusamatovning sa’y-harakatlari bilan endilikda bolakayning davolanish mablag‘lari homiylik asosida qoplab berilmoqda.

Xalq noibi tanlovida adashmagan mahalla ahli uning harakatlari bilan amalga oshayotgan ezgu ishlarni e’tirof etishdan charchamaydi.

-“Mahjuriy” ko‘chamizning uch kilometrga yaqin ichki yo‘llari allaqachon nosoz holga kelib qolgandi, - deydi MFY raisi o‘rinbosari Hakimaxon Nishonova. – Deputatimizning jonsarakligi bilan 192 ta xonadon bevosita foydalanuvchi ushbu yo‘llar to‘la asfaltlashtirildi.

Bundan tashqari, “Uchtegirmon” ko‘chasidagi 600 metr yo‘lda yog‘ingarchilik bo‘lsa, umuman yurib bo‘lmasdi. Tuproq changiyu loygarchilik aholini holdan toydirardi. D.Abdusamatov masalani tez hal qildi. Bugun mazkur yo‘l shag‘allashtirilib, asfalt yotqizishga tayyorlandi.

  • Ko'rildi
    522
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+