Namanganlik 21 nafar talaba yoshlar partiya safiga qo‘shildi

20.04.2022, 14:17

Namanganlik 21 nafar talaba yoshlar partiya safiga qo‘shildi

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan Namangan Davlat universitetining biologiya-texnologiya fakulteti talabalari ishtirokida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi.

Uni partiya viloyat Kengashi apparati rahbari Orifjon Mahmudov partiya Dasturi, unda yoshlarga berilgan imkoniyatlar, xususan, “Yangi avlod kadrlari” loyihasining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi. Ayniqsa, partiya tavsiyasi bilan davlat boshqaruvi idoralarida ishlayotgan tashabbuskor yoshlar, tadbirkorlar, deputatlar faoliyati haqidagi ma’lumotlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Shuningdek Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar, maqsadlar, xususan,yoshlarga bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari, 3-4-bosqichlarda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ham o‘qib, ham ishlashlari uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlarga ham keng to‘xtaldi.

Davra suhbatida so‘z olgan talaba yoshlar partiya loyihlari, tadbirlari katta qiziqish uyg‘otganligini e’tirof etishdi.

So‘zga chiqqan bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi va siyosiy partiyalar o‘rtasidagi raqobat muhiti, unda O’zLiDePning tutgan o‘rni, yoshlarning Oliy Majlis Qonunchilik palatalari yig‘ilishlarida, mahalliy Kengashlarning sessiyalarida ishtirokini ta’minlash bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirlar.

Talaba yoshlarning 21 nafari partiya a’zolari safiga qo‘shilish istagini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    536
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+