O‘zLiDeP va Andijon davlat universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

21.04.2022, 14:22

O‘zLiDeP va Andijon davlat universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi va Andijon davlat universiteti o‘rtasida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi asosida memorandum imzolandi.

Bugungi talabalar orasidan zamonaviy fikrlaydigan, ma’nan yetuk, vatanparvar, partiyaviy ishlarni tashkiliy masalalarida davr talablariga javob bera oladigan, yetarli malakaga ega bo‘lgan kadrlarni tanlash hamda ularni joy-joyiga qo‘yish loyihaning asosiy vazifalaridan biri.

Mazkur oliygoh bilan partiyaning uzviy hamkorligini yo‘lga qo‘yish, institut bitiruvchilarini siyosiy jarayonlarga keng jalb etish, ularni siyosiy partiyalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasiga tavsiya etish uchun faol yosh mutaxassislarni aniqlash borasidagi ishlarni tizimli amalga oshirishga kelishib olindi.

Oliygohda ta’lim olayotgan bakalavr yoki magistratura bosqichlari bitiruvchi talabalari orasida “Yangi avlod kadrlari” loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etganlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zahirasiga kiritiladi. Ularning kelgusida yaxshi mutaxassis, shuningdek, partiyaning maqsad va vazifalarini sidqidildan amalga oshiradigan fidoiy inson bo‘lishlari uchun ham harakat qilinadi.

Albatta, yoshlarning bilimli va yetuk kadr bo‘lishi nafaqat bilimda, balki ularning siyosiy tushunchalarini ham kengaytirib borishga ham bog‘liqligi memorandumda o‘z aksini topgan. Bu boradagi ishlar amalda natijasini ko‘rsatishi uchun har ikki tomon o‘ziga xos birdamlikda ish boshlashdi.

  • Ko'rildi
    392
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+