Deputatlar ehtiyojmand xonadonlardan xabar oldi
05.05.2022, 12:20
Prezident raisligida joriy yil 29 aprel kuni ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustivor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari Olimxon Babaxanov va G’iyosiddin Babaxanovlar tomonidan saylov okrugi hududidagi mahallalarda xayriya ishlari amalga oshirildi.
Unda asosiy e’tibor nuroniylar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Xayriya tadbirlari davomida mahallalardagi 351 ta ehtiyojmand xonadonlardagi keksalar, nogironlar va bemorlar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat va bayram sovg‘alari tarqatildi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat sayyor qabuli: Buxorolik talabalarga yotoqxona zarur
21.05.2024, 11:02
-
Jizzaxlik mutasaddining hisoboti tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi
17.05.2024, 10:55
-
Monomarkaz — kasbga tayyorlashning samarali yo‘li
16.05.2024, 12:23
-
Qo‘rg‘ontepada qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi
26.01.2024, 16:23
-
Deputat ko‘magida aholi xonadonlariga ichimlik suvi yetib bormoqda
26.01.2024, 11:59
Fikringizni qoldiring