Deputat urush va mehnat faxriylarini yo‘qlab bordi

07.05.2022, 14:57

Deputat urush va mehnat faxriylarini  yo‘qlab bordi

Bugun ko‘pchilik Xotira va qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda front orti faxriylari, tabarruk qariyalar holidan xabar olib, ularni sovg‘a-salomlar bilan yo‘qlash harakatida.

Ayni shu maqsadda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Qobiljon Dadabayev tashabbusi bilan 1-Orzu saylov okrugi hududidagi mahallalarda istiqomat qilayotgan ana shunday insonlar xonadoniga tashrif buyurib, ularga bayram tuhfalari topshirildi.

Bugungi tinch va osoyishta yurtda yashayotganimizga shukronalar aytamiz  — deydi Mustaqillik mahallasida yashovchi Fevziyaxon Abduraxmanova. –Deputatimizning yo‘qlovidan boshimiz osmonga yetdi. Bizni qadrlayotganlarning barchasiga rahmat.

  • Ko'rildi
    471
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+